Анонимный автор – Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı (страница 46)
Seni saklar kasem, kadehim sabır.
Süslerim ben onu kadın ismiyle.
AKSILFALSAFA
Makon yo‘q,
Zamon bor.
Bordir zamonda
Ijaraga turgan moddiyun avlod.
Zamonga boqmagan avlod o‘zidan
Xudo tortib olgan makonni
Qaytarib berishni so‘rar dahodan.
Biroq daho tangri emasdir,
Uning qo‘lida
Faqat g‘oya bor.
Tirikchilik qilib bo‘lmas g‘oyada
U makon emas,
Zamon ham emasdir boqqaning bilan.
AKSİLFELSEFE
Mekân yok, Zaman var.
Vardır zaman içinde
Kirada oturan özdekçi evlat.
Zamana bakmayan evlat elinden
Tanrı geri almış mekânı
Tekrar vermesini ister dehadan.
Ama deha Tanrı değildir,
Onun elinde
Ancak erek vardır.
Yaşam sürdürülmez yalnız erekle.
O mekân değil,
Zaman da değildir, bakma boşuna…
AKSILEKOLOGIYA
Payhon qilar odamni ekin,
Tashbih nadur, dalalarning o‘zi biy.
Cho‘llar uni quvlab boradi,
Yo rabbiy.
Odam ketib borar,
Xudolarga yetmaydi
dodi.
“Qizil kitob”ga uni
Yozmoqqa esa
Yo‘q ekinning savodi…
AKSİLEKOLOJİ
Harcar, ezer insanı ekin,
Teşbih niçin, tarlalar bom boş
Çöller onu kovalar durur
Aman Tanrım…
İnsanlar gidiyor,
Tanrı duymaz
çığlıklarını.
“Kırmızı Kitap”a yazamaz
çünkü bilmez ekin
yazmayı…
***
Odam taroshlamoq bo‘lsangiz toshdan,
Toshni silang,
Imkon qadar ko‘rgazing mehr.
Toshlar faqat shafqat oldida
Himoyasizdir.
Toshga gullar tuting,
Nimpushti gullar -
Shafqat rangidagi gullarni tuting.
Tosh, albatta, cho‘zar qo‘lini,
Gulingizni olar,
Qo‘lingizni o‘par
Yig‘lab yuboradi, ishoning, shu tosh.
***