реклама
Бургер менюБургер меню

Анонимный автор – Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı (страница 44)

18
unutarmidim men qatiq isini odam tilida gapirsang bo‘lmaydimi axir dermish olifta bitiklarini o‘qigan chol tut esa tushimda balki o‘ngimda momomning beparvoligi ila chumchuqlarini chirqiratib men tarafga kelayotganmish jodugar kovushi yanglig‘ tomirlarini birma-bir bosib OVOZ Shamol Shamol bolang quduqqa yiqildi ketiga tezak tiqildi tez kel olib momoqaldirog‘ingni

DUT AĞACI

Oyuğuna serçe yuva yapmış ey köyümdeki dut ağacı, seni özledim uğur böceği cevher boncuk gibi yakışan diken göresim geldi seni ben bu toprak kokusunu özledim çamurdan oyuncaklarımız toprak imiş henüz öcüleri ile korkutan tarlalarımız hani utanmış mıdır benden küçülmüş kulübe tütün renkli kabaklar parlamış sular akıyormuş ağıt gibi semizotu tombiş kızlar gibi serilivermiş inek tezekleri dürterek uyandırır bir şeyleri belki inanmazsın ter kokusunu unutmadım aşkı bana anlatan kız unutur muyum ben yoğurt kokusunu insan gibi konuşsan olmaz mı hani dermiş yosmanın notlarını okuyan ihtiyar dut ağacı ise rüyamda belki de geçekte ninemin pervasızlığıyla serçelerini cıyaklatarak bana doğru geliveriyormuş cadıların pabuçları gibi damarlarına bir bir basarak SES Rüzgar Rüzgar yavrun kuyuya düştü sırtına tezek saplandı hemen gel getir gökgürültüsünü.

QUM MUSHUGI HAQIDA ERTAK

Qum mushugi moviy osmon ila tanho qoldi qaradi ko‘kka ayni bir jiddiylik og‘ushida agarda u ming yil avval bunda tug‘ilganida bormi ummon ostida dimiqib jon taslim qilgan bo‘lardi agarda u milyon yil avval tug‘ilganida dinozavr urhosidan qo‘rqardi qattiq saksovul gullari ila xayolini bezagan maxluq yulduzlarga boqib kumush yo‘lakni pastga tushirdi uchdi bulutlar osha g‘uj-g‘uj nurlar osha oyning qaro dog‘lari osha bir shuvullash bir shovullash sezimlarini yuragidan junlariga o‘tirarak samo tuynuklarida yovvoyilik qadar yotlikni ko‘rdi hurkdi kirmadi nurlar-da shafaqlar-da sovuqlar-da unga qarshi yo‘nalmakda edilar bahaybat toshga boshini urdi porloq kengliklarni ko‘rdi unda o‘t-chechaklar shabnam zabonida chuldiramoqda edilar bir yaproq ikkinchi yaproqqa der emishki menda yaratilmagan maxluqlarning ro‘yxatlari bor o‘qi ikkinchi yaproq o‘zida havorang kirpini aks ettirayotgan edi daryoning urug‘ini muztog‘ urug‘ini jar urug‘ini saragini sarakka puchagini puchakka ajratmoqda edilar ovoz rang bilan o‘rin almashayotgan edi ilon darvesh hirqasini kiyib ko‘rmoqchi bo‘layotgandi panjaraga o‘xshash ashyolardan yasalgan uchoq guvillab uchmoqda edi mis choynak piqillab qaynayotib qorni shishgan jonvordek yiqildi qoldi u shunday o‘yladiki iniga kirganida tashqarida qolgan Jimlik nayranglarini tushida ko‘rmoqdadir balki xayriyat Yer tovushini eshitdi Ona qum mushugi miyovlayotgan kabi tovushni