Sultonali Abduraxmonov – LaTeX ga kirish. Darslik (страница 5)
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: \slshape buyrug’i o‘zidan keyingi simvollarga ta’sir ko‘rsatadi. U satirlar almashishini e’tiborga olmaydi va ta’sirini keyingi buyrug’igacha saqlaydi.
2.3.4. Probel qo‘yish buyrug’i
Matn tarkibida probel qo‘shish uchun {} simvollini qo‘yish yetarli. Bu buyruq nixoyasi deb tushinilib, probel qo‘shiladi. Matnlar bir biriga qo‘shilib ketmaydi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ўрганиш \LaTeX\ ни осонроқ,
\TeX га нисбатан. Инсон,
Қайсики
\TeX {} тизимни билса ва уни севса, уни
\TeX чи деб аташ мумкин.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating: simvol {} probel qoldirish imkonini berdi (matn qo‘shilib ketmadi).Qayerda simvol {} qo‘yilmagan bo‘lsa matnlar qo‘shilib ketdi.
Nazorat savollari
1. So‘zlar oralig‘ini qanday boshqarish mumkin?
2. Bo‘sh joylarni boshqarish buyruqlarini tushirtiring.
3. LaTeX da paragraf qanday tashkil yetilgan?
4. Kegel nimani bildiradi?
5. So‘zning uzatilishini qanday nazorat qilish mumkin?
Topshiriqlar
1. «Salimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi va „5“ baxolar oldi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib simvolni chop etish texnologiyasidan foydalaning.2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini boshqa shrifda chop etilishini tashkil eting.3. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» so’zlarini oldi tomonida 5 tadan probel qoldirishni tashkil etib chop etilishini tashkil eting.
2.3.5. Buyruqlarni ta’sir doirasini belgilash
Buyruq ta’sir doirasini belgilash uchun «gruppa» tushinchasi kiritilgan. U yordamida matn tarkibidagi buyruq ta’sir zonasi belgilanadi. Hozir gruppa kiritilmagan xoldagi misolni ko‘ramiz:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қора бошланади
\bfseries сўз билан.
Яна \mdseries ўз холида,
хозир \slshape қияланган,
янги ўзгартирилгинча;
яна \upshape тўғри.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
E’tibor qarating:
1. buyruq \bfseries matn shriftini qalin shriftga o‘tkazadi, buyruq \mdseries qalin shriftni bekor qiladi.
2. buyruq \slshape matn shriftini qiya shriftga o‘tkazadi, buyruq
\upshape qiya shriftni bekor qiladi.
Gruppani qo‘llanishi hujjatda matnlar sonini qaytiradi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қорайтирилган шрифт терилган
фақат {\bfseries бу}
сўз; қавсдан кейин хаммаси
олдингидек кетади.
\end {document}
Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Yarim qoraytirilgan shrift bilan faqat «бу» so‘zi yozilib, undan keyingilari joriy shrif bilan yozilgan.
E’tibor qarating, bu holatda {\bfseries (Yarim qoraytirilgan shrift) bu} faqat « бу» so‘ziga ta’sir etadi. Figurali qavs buyruqni ta’sir doirasini belgilaydi. U hech qanday matnga qo‘shilmaydi, faqat buyruq ta’sir doirasini ko‘rsatadi.
Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Бошида {ширифни ўтказамиз
\itshape курсивга;
Кейин шрифни яна
ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}
кўринг, қандай тикланади