Sultonali Abduraxmonov – LaTeX ga kirish. Darslik (страница 7)
{inputenc} – paket MS Windows muhitida qo‘llaniladigan shriftlarni 1251 kodirovkasini yuklab olinishini ko‘rsatadi.
\usepackage [T2A] {fontenc} – buyruq ingiliz tilidagi hujjatga rus tilidagi matn qo‘shilishi mumkinligini ta’minlaydi. U babel paketini o‘rniga fontenc (shrift) paketini T2A parametiri bilan yuklanishini ta’minaydi.
T2A – matn xarfini ko‘chirish ta’minlanmagan kodirovkasi.
\usepackage [russian] {babel} – buyruq ingiliz tilidagi matnga rus tili matnni qo‘shish babel paketini russian qo‘shimcha bilan yuklanishini tashkil etadi.
Agar ingiliz tili va rus tili matnlari bitta hujjatda bo‘ladigan bo‘lsa buyruqni quyidagicha ifodalash mumkin:
\usepackage [russian, english] {babel}.
%% – kommentariya qatorini belgilaydi. Shu belgidan keyingi kiritilgan matn kompanovka vaqtida hisobga olinmaydi. U kommentariya vazifasini o‘taydi.
\begin {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini (doirasini) boshlanishini belgilaydi.
\end {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini tugashini belgilaydi.
Keltirilgan muxitdan tashqarida kiritilgan matnlarni kompanovshik hisobga olmaydi va u to‘g‘risida xatolik bermasligi ham mumkin.
Nazorat savollari
1. Hujjat sarlavhasi deganda nima nazarda tutiladi?
2. Ushbu tizimda maqola qanday belgilanadi?
3. Matn kiritish tizimi qanday quriladi?
4. begin va end qanday maqsadda foydalaniladi?
5. Books nima degani?
Topshiriqlar
1. «LaTeX tizim matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishi maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinisda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.» matnini article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob) sinflarida o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.
2. \documentclass buyrug’idan foydalanib tashkil etilgan matnni shriftini o’lchmini o’zgartirib chop etishga tayyorlang.
3. %% dan foydalanib matn tarkibiga komentariya kiriting.
4. Matin tarkibiga «krill» alifbosida informasiya kiritishni tashkil eting.
3.2. Dasturda kommentariya qo‘shish
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 shrifni ko’chirissiz qo’shish
\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.
\end {document}
Ekranda ko‘rish quyidagini beradi:
«Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.»
Ko‘rinib turibdiki, %% belgisidan keyingi yangi kiritilgan matn e’tiborga olinmaydi. U foydalanuvchi uchun kommentariya bo‘lib xizmat qiladi.
3.3. Ingiliz alfabitida matn qo’shish
\documentclass {article} \usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni ko’chirissiz qo’shish\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish \begin {document} Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди. Ivan come in hose/\end {document}
Hujjat kompanovka qilinib, ko‘rish rejimiga o‘tilsa, ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:
E’tibor bering, ingliz alfabitida matn kiritish qo‘shimcha paketlarni yuklashni talab etmaydi. Bizni xolda matn keyingi qatordan davom ettirilgan bo‘lsa xam, LaTeX matnni qatordan davom ettiradi. U matn kiritishdagi qatorlarni e’tiborga olmaydi. Yangi qatordan matnni davom ettirish uchun maxsus buyruqdan foydalaniladi. Bu buyruqni kelgusida o‘rganamiz.
Nazorat savollari
1. Hujjatda komentariya nima ushun kerak?
2. Komentariyani kiritish qanday amalga oshiriladi?
3. Hujjatda buyruqni qaysi simvol bilan boshlaniladi?
4. Deklarasiya buyrug’ini qanday ko’rsatiladi?
Topshiriqlar
1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishgat ayyoralsh, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matnini article (maqola) sinfida chop etilishini tashkil eting.
2. Kiritilgan matn tarkibiga komentariya kiritib hujjat tashkil eting.
3. Kiritilgan matn shriftini o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.
4. Kiritilgan matn shriftini gruppalab o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.
3.4. Xatoliklarni kuzatish
Agar hujjatni tayyorlashda xatolikga yo‘l qo‘yilsa bu xaqida kompanovshik xato xabarini beradi. Tizim xatoliklarni kuzatilgan qator, xatolik sababini ko’rsatadi
Misol:
Rasm 3.1.
E’tibor qarating, kuzatilgan xatolik va uni joylashish qatorini kompanovshik kompanovkani borishini ko‘rsatib turuvchi maydonda qizil rangdagi yozuvlar bilan ko‘rsatadi. Bu yerda xatolik turi ham ko‘rsatiladi. Xatolikni bartaraf etilib qayta kompanovka qilinsa kompilyator xatolikni ko‘rsatmaydi:
Rasm 3.2.
Ko‘rinib turibdiki, hujjat tayyorlashda xatolik yo‘q.
Nazorat savollari
1. Hujjatda xatoliklar borligi qanday aniqlanadi?
2. Kompanovka nima?
3. Hujjatdagi xatoliklar nimadan iborat ekanligi qanday aniqlaniladi?
4. Otladka deyilganda nimani tushinasiz?
Topshiriqlar
1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matniga o’zgartirishlar kiritib kompanovka qilish jarayonini kuzating.
2. Kiritilgan matindagi \begin {document} buyrugida “\” simvolini tushirib qoldirib kompanovka jarayonini kuzting. Kuzatilgan xatolikni tahlil eting.
3. Kuzatilgan xatoliklarni bartaraf etish ketma ketligini taxlil eting.
4. Kompanovka jarayonini kuzatish maydonini ekrandan olib tashlash va qayta tiklashni bajarib ko’ring.
5. Internetda matn muharriri tavsifini toping
6. Notepad ++. Uni rasmiy veb-saytidan yuklab oling va shaxsiy kompyuteringizga o’rnating.
7. Notepad ++ va oddiy dastur imkoniyatlarini solishtiring