Qodir Botirov – Elektr va gaz payvandlash. Monografiya (страница 2)
Rux, qo‘rg‘oshin, xrom angidridi inson nfas olish organlarini o‘tkir zaharlab, surunkali kasalliklargacha olib keladi. Uzoq muddatda o‘pkada changlarning yig‘ilishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.
Hamma ko‘rsatilgan shikastlanishlar payvandlashda xavfsizlik texnikasini qo‘pol ravishda buzganda, umumiy va mahalliy havo tozalash ta’minlanmasa, shaxsiy muhofaza vositalari (maska, raspirator) dan, ayniqsa rangli metal va ularning qotishmalarini payvandlashda, shuningdek tor va yopiq joylarda payvandlashda havoni tozalashning yetishmasligidan va hokazolar oqibatida ro‘y berishi mumkin.
Payvandlash ishlarida havoni tozalashning qat’iy talablari mavjud. Bular payvandlash aerozolini ushlash uchun mahalliy havo tortish shkaflari va bir tekis havo so‘rilishi uchun vertikal yoki qiya panellar, reshetka (panjarali) havo so‘rish vositali stollar va boshqalar kiradi.
Ko‘chma payvandlash postlarining yopiq va yarim yopiq joylarida ishlaganda mahalliy, ejektor tipidagi, havo so‘rish jihozi ishlatiladi. Bunda bitta payvandlash postidan 400—500 m3/soat, lekin 100—150 m3/soatda kam bo‘lmagan havo so‘ruvchi yuqori vakuumli jihozlar havoni me’yor darajada yetkazib berishni ta’minlaydi.
Portlash havfini oldini olish. Bosim ostidagi gaz ballonlarini noto‘g‘ri tashish, saqlash va ishlatishda, har xil idishlarda oldindan tozalamay payvand ishlarni olib borganda, ular ichidagi yonuvchan moddalar qoldiqlaridan portlash havfi kelib chiqadi.
Bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda quyidagi o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur:
· ballonlarni tashlamaslik;
· isitish jihozlari yonida ushlab turmaslik;
· yonuvchi gaz va kislorod ballonlarini bir joyda saqlamaslik;
· ballonlarni vertikal holda saqlash.
Karbonat angidridli ballonlarni reduktorida nam muzlaganda faqat maxsus elektr isitgich yordamida isitish kerak, yoki issiq suvda ho‘llangan latta qo‘yib isitiladi (eritiladi). Har qanday bosim ostidagi gaz ballonlarini ochiq alanga bilan isitish qat’iyan man etiladi, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri portlashga olib keladi.
Idishlar ichida payvand ishlarini olib borishdan oldin unda qanday mahsulot saqlanganligi va uning qoldig‘i aniqlanadi. Idishlar qoldiqlardan puxta tozalanadi va 2—3 marotaba 10% li ishqor eritmasi bilan yuviladi, undan keyin havo bilan puflab undagi hidlardan tozalanadi. Bu hidlar payvandchiga zararli ta’sir qiladi. Idishlarni kislorod yordamida puflab tozalash qat’iyan man etiladi, chunki bu holda kislorodning kiyim-kechakka va teriga tushishi har qanday ochiq alanga shiddat bilan kiyimni yonishga olib keladi, oqibatda kuyish natijasi o‘limga olib kelishi mumkin.
Katta xajmdagi changsimon organik moddalar (oziq-ovqat uni, torf, toshko‘mir) bor xonada ham portlash xavfi mavjud bo‘ladi. Bu chang ma’lum konsentratsiyada katta portlashlarga olib kelishi mumkin. Bunday xonalarda payvand ishlari olib borish uchun yaxshilab havosi tozalanishidan tashqari o‘t o‘chiruvchilar korxonasidan maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak.
Erigan metall va shlaklardan yong‘inning oldini olish. Metal bilan qoplangan yog‘och yoki yonuvchan izolyatsion materiallar, yoki tez yonuvchan materiallar oldida payvand ishlarini bajarganda yong‘in chiqishi havfi mavjud. Hamma ko‘rsatilgan payvandlash variantlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Shaxsiy gigiyena qoidalari. (maxsus kiyim) jamokor butun – yaroqli holatda, cho‘ntak qopqoqlari tashqariga chiqarilgan, shim oyoq kiyim ustida bo‘lishi kerak. Cho‘ntak qopqoqlarini cho‘ntak ichiga, shimlarni etik ichiga tiqilsa, erigan metal cho‘g‘lari tushib kuyishi mumkin. Bosh kiyim soyabonsiz bo‘lish kerak, chunki soyabon muhofaza shitogini yoki maskani to‘g‘ri kiyishga halaqit beradi. Oyoq kiyim har doim tepasi yopiq va albatta iplari taqilgan bO‘lishi shart.
Tananing hamma qismi payvandlash yoyi nuridan yaxshi muhofazalangan bO‘lishi kerak.
Payvandlash jarayonida badanning hamma qismi ayniqsa ko‘z puxta himoyalanishi zarur.
Qo‘lqop, kurtka yengini zich yopib turish kerak. Payvanchi metal yuza ustida yotib yoki o‘tirib ishni bajarsa, tagiga rezina to‘shama solish kerak. Tizza va tirsaklarga kigizdan tikilgan tizzaband va tirsakband kiyish kerak. Nam joylarda payvandlashda rezina etik kiyilishi kerak.
Yong‘in xavfsizligi. Sexlarda yong‘inni kelib chiqishi sabablari qo‘yidagilar:
· yengil yonuvchan modda va yonilg‘ilar;
· suyultirilgan yonuvchi gazlar;
· qattiq yonuvchi materiallar;
· idish va apparatlardagi yonuvchan bosim ostidagi mahsulotlari;
· ish jarayonida elektr uchquni chiqaruvchi elektr qurilmalar va boshqalar sabab bo‘ladi.
Yong‘inning oldini olish maqsadida quyidagilar:
· yog», moy, benzin, kerosin va boshqa yonilg‘i izlari bor kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish;
· yangi bo‘yalgan qurilmalarni, elektr toki mavjud bo‘lgan apparatlarni, va bosim ostidagi idishlarni, suyuq yonilg‘i saqlangan idishlarni maxsus tayyorgarlik ko‘rmasdan kesish va payvandlash man etiladi.
Yong‘inni o‘chirish vositalariga suv, ko‘pik, gazlar, bug», kukunsimon birikmalar va boshqalar kiradi.
Yong‘inni suv bilan o‘chirilayotganda maxsus o‘t o‘chirish qurilmalari, o‘t o‘chirish mashinalarida va o‘t o‘chirish shlanglari ishlatiladi. Bu qurilmalarga suv maxsus quvurlar orqali uzatiladi. Ko‘pchilik ishlab chiqarish va ma’muriy binolar ichida suv quvur tarmog‘iga ulangan o‘t o‘chirish kranlari mavjud.
Har bir payvandlash postida o‘t o‘chirgich, bochka yoki suv bilan chelak, hamda qum solingan sandiq va belkurak bo‘lishi kerak. Payvandlash ishlari tamomlangach ish joyi va atrofni tekshirish kerak.
KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR
a) Elektr payvandchining payvandlash posti;
b) Gaz payvandchining payvandlash posti;
c) avtomat va yarim avtomatlarda payvandchining payvandlash posti;
d) Kontakt (ulash) yo‘li bilan payvandlash posti;
e) Korxonaga oid xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar yo‘riqnomasi;
f) Xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligiga oid plakatlar;
g) Yong‘inga qarshi shit (taxta);
h) Shaxsiy ximoya vositalari komplekti (to‘plam);
i) Payvandlangan buyumlar namunasi.
O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLAR
1. Agar payvandlash yoyi nurlaridan tananing ochiq joylarini muhofaza qilinmasa qanday turdagi shikastlanish bo‘ladi?
a) Kuyish;
b) Organizmning zaxarlanishi;
s) Ultra binafsha
s) Elektr toki urishi.
2. Nam joylarda ishlaganda qanday oyoq kiyim kiyiladi?
a) Charmli batinka;
b) Rezinali batinka;
s) Kerzli etik.
3. Quruq xonalarni yoritish uchun elektr tokining qanday kuchlanishi ishlatiladi?
a) 12 V;
b) 220 V;
s) 36 V.
4. Inson umriga qaysi tok kuchi havfli?
a) 0,1 A dan yuqori;
b) 0,1 A dan past;
s) 0,05 A.
5. Qaysi nurlar terini kuydirishi mumkin?
a) Infra qizil;
b) Gamma nurlari;
6. Qanday masofada payvandlash yoyining nuri ta’sir qiladi?
a) 25 m;
b) 20 m;
s) 40 m.