18+
реклама
18+
Бургер менюБургер меню

Boxodir Karimov – Robototexnikadan boshlang’ich bilimlar. O’quv qo’llanma (страница 2)

18

Ø Mega 2560 – USB-port orqali ketma ket ulanuvchichi ATMega8U2 chipi asosidagi ATmega 2560 mikrokontrolleri bazasidagi plata;

Ø Mega – ATmega1280 mikrokontrolleri bazasidagi Mega seriyali versiyasi;

Ø ArduinoBT – programmalashtirish va sim aloqa uchun Bluetooth modulli platformasi;

Ø LilyPad – tabiiy tola materiallariga biriktiriluvchi platforma;

Ø Fio – simuzatish uchun mo‘ljallangan platforma. Fio XBeeradio uchun ulash uyasi, LiPo batareyasi zaryadlash uchun ulash uyasi mavjud;

Ø Min i— eng kichik Arduino platformasi;

Ø Pro – tajribali qo‘llanuvchilar uchun yaratilgan platforma bo‘lib, katta proektlarni yaratish imkoni mavjud;

Ø Pro Min i— Pro platformai singani, tajribali qo‘llanuvchilar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uning narxi arzon, o‘lchami kichik va qo‘shimcha funksiyalari mavjud.

2.1.1. Pro Mini Arduinosi

2.1-rasm. Pro Mini Arduino platasi

Pro Mini Arduinosi (2.1-rasm) ATmega168 mikrokontrolleri asosida tayyorlangan.

2.1-jadvalda Pro Mini Arduino platasinig xarakteristikalari keltirilgan.

Arduino ProMiniFTD Ikabel orqali ta’minlanadi, yoki VCC chiqish orqali

3,3 Volt yoki 5V kuchlanish bilan va RAW chiqishi boshqarilmaydigan manba orqali taminlanadi.

Ta’minlash chiqishlari

Ø RAW – boshqarilmaydigan kuchlanish orqali ulash;

Ø VCC -3,3 V yoki 5V boshqariladigan kuchlanishni ulash;

Ø GND – yrga ulash chiqishlari.

2.1.2. Nano Arduinosi

Nano platformasi (2.2-rasm), ATmega 328 (Arduino Nano 3.0) yoki ATmega168 (Arduino Nano2.x) mikrokontrolleri asosida tuzilgan, bo‘lib kichik o‘lchamga ega bo’lib u laboratoriya ishlarida qo‘llaniladi.

2.2-rasm. Nano Arduino platasi

Nano Arduino platasi kompyuterga ulangan USB Mini orqali kuchlanish oladi yoki boshqariluvchi 5V, tashqi ta’minlash manbasidan oladi. Yuqori kuchlanshli manba avtomatik tanlanadi.

Nano Arduino platasining xarakteristikalari 2.2.jadvalda keltirilgan.

2.1.3. ArduinoUNO

2.3-rasm. ArduinoUNO (DIP) platasi

UNO Arduino platformasi ATmega328 (2.3-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan. Kompyuter bilan aloqa qilish uchun FTDI USB mikrokontroller USB orqali ulanadi. Yangi UNO Arduinosida ATmega8U2 mikrokontrollerdan foydalaniladi.

Arduino UNO platasining xarakteristikalari 2.3-jadvalda keltirilgan.

2.1.4. Mega Arduinosi

Mega Arduinosi Atmega2560 (2.4-rasm) mikrokontrolleri asosida tuzilgan.

2.4-rasm. Mega Arduino platasi

Mega Arduino platasining xarakteristikalari 2.4-jadvalda keltirilgan.

3-bob. ARDUINONI QUVVATLANTIRISH VA PWM, ANALOG, RAQAMLI PINLAR

3.1.Arduino raqamli va analog pinlari

Ushbu bo`limda Arduinoda analog va raqamli, hamda PWM (pulse-width modulation), o`zbek tilida IKM (impuls kengligi modulyatsiyasi), rus tilida ШИМ (широтно-импульсная модуляция) pinlarini va analog signalni raqamliga qanday o`zgarishini ko’rib o’tamiz.

3.1.rasm. Signallarning ko’rinishi

Analog signal – vaqt o`tishi bilan doimiy ravishda o`zgaradi. Tabiatdagi barcha ma`lumotlar analog-suvdagi to`lqinlar, simli tebranishlar va boshqalar. Dastlab, odam analog qurilmalar yordamida ma`lumotni (tovushlar, tasvirlar, videolar) yozib oldi. Ammo analog signallar shovqin va uning ta`siriga sezgir.

Raqamli signal – bir va nol (signal bor yoki yo`q) ko`rinishida uzatiladi, kompyuterlar va raqamli texnologiyalar uchun uni amalga oshirish osonroq (3.1-rasm).

Arduino Nano, Arduino UNO, Arduino Mega 2560 larning pinlarini bir necha turga bo`lish mumkin, farqi turli platalardagi pinlar sonida bo`ladi. Misol uchun, Arduino Mega 2560-da plata o`lchami va mikrokontrollerning ishlashi tufayli UNO yoki Nanoga qaraganda sezilarli darajada ko`proq raqamli va analog portlar mavjud. Aslida, pinlarni dasturlashning xarakteristikalari va usullari bir – biridan farq qilmaydi.

1. Quvvat pinlari – quvvat portlari, ularning ishlash rejimini dasturlash yoki o`zgartirish mumkin emas. Ular 5V yoki 3,3V stabillashtirilgan kuchlanishni beradi, Vin quvvat manbayidan kuchlanishni beradi va GND umumiy minus (3.2-rasm).

3.2-rasm. Arduino UNO

Arduinoni quvvatlantirish bir necha yo`l bilan amalga oshiriladi:

a. USB kabel orqali quvvatlantirish;

b. Plataga ulangan ba`zi komponentlarni alohida quvvatlantirish;

c. Tashqi manbadan quvvatlantirish.

3.2.Arduino platasini quvvatlantirish

Arduino platasini quvvatlantirish uchun turli xil variantlar mavjud. Birinchisi, Arduino platangizni USB kabeli yordamida kompyuterga ulanadi.

Shuningdek, Arduino platasida servo motorlardan foydalanganda 7—12V kuchlanish bilan quvvatlantirish uchun DC quvvat ulagichidan foydalaniladi. USB kabelidan keladigan quvvat kamroq. Bu plata va kompyuter o`rtasidagi aloqa uchun juda yaxshi, lekin ba`zi motorlarni quvvatlantirish uchun yetarli bo`lmaydi.

Arduino platangizni quvvatlantirishning keyingi usuli bor. Arduinodagi quvvat Vin pindan platani 7—12V kuchlanish bilan ta`minlash uchun foydalanish mumkin. Tashqi quvvat manbaidan foydalanish va uni to`g`ridan-to`g`ri plataga ulash kerak, agar Vindan foydalanganda, uni tashqi quvvat manbaiga ulab, GNDni ham to`g`ri ishlatish kerak.

Komponentlarni Arduino UNOni quvvatlantirish

1.Har doim tashqi komponentni Arduino UNO platasiga ulaganda, avval uni GNDga ulash kerak. Keyin uni yoqish uchun bir nechta turli pinlardan foydalaniladi. Ular orasida 3,3V va 5V kuchlanishli pinlar mavjud.

Esda tutingki, Arduino UNO 5V kuchlanishda ishlaydi. Shunday qilib, agar 3,3V komponentni 5V quvvat manbaiga ulansa, komponentga zarar yetkazish mumkin. Buning ikkita varianti mavjud: Arduinodan 3,3V quvvat manbaidan foydalanish, yoki kuchlanish qiymatini o`zgartirgich bilan 5V dan foydalaniladi. Rezistorlar yoki to`g`ridan-to`g`ri kuchlanishni o`zgartirish komponenti yordamida ular orasidagi kuchlanishni o`zgartirish, 5Vni 3,3V komponentiga osongina ulash mumkin.

2. Arduino UNOda raqamli pinlar – Arduino UNO platasida 0 dan 13 gacha bo`lgan 14 ta raqamli pin bor.

3. PWM pinlari – raqamli chiqish/kirish sifatida dasturlashtirilishi mumkin bo`lgan PWM modulyatsiyalangan portlar. Bu portlar Arduino platasida (˜) bilan belgilangan;

4. Analog kirish pinlari – sensorlardan analog signalni qabul qiluvchi portlar kirish sifatida ishlaydi. Arduino UNO platasida 6ta analog pinlar bo`lib ular A0-A5 gacha bo`ladi.Ushbu portlar raqamli kirish/chiqish sifatida ham dasturlashtirilish mumkin. Ushbu pinlar PWM modulyatsiyasini qo`llab-quvvatlaydi.

pin rejimi pinMode () yordamida void setup protsedurasida tayinlanadi, masalan:

void setup () {

pinMode (10, OUTPUT); //10-pinni chiqish sifatida e`lon qilish

pinMode (A2, OUTPUT); //A2 pinini chiqish sifatida e`lon qilish

pinMode (12, INPUT); //12-pinni kirish sifatida e`lon qilish

pinMode (A1, INPUT); //A1 pinini kirish sifatida e`lon qilish

}

Tushuntirish:

1. Svetodiodni 10 va A2 chiqish piniga ulash mumkin, bu dasturda buyruq chaqirilganda yoqiladi va o`chadi;

2. Pin 10 PWM signali uchun ishlatilishi mumkin, masalan, svetodiodni yoqish uchun. A2 pin esa faqat raqamli signalni (0 yoki 1) chiqarishi mumkin;

3. Raqamli sensor 12 va A1 kirishiga ulanishi mumkin va mikrokontroller ushbu pinlarda signal borligini tekshiradi (mantiqiy nol yoki bir);