Анонимный автор – Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı (страница 51)
Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.
O‘zingni sog‘inib keladi navro‘z,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Chuchmoma chayqalib, chalar qo‘ng‘iroq,
Hayot hidin sochar uyg‘ongan tuproq,
Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Mehmonni chorlaydi sumalaklaring,
Qizlaring bog‘laydi jamalaklarin.
Saodatga ko‘prik kamalaklaring,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Ey, kafti qadog‘u ko‘ngli yumshoq el,
Quyoshda qoraygan, yuragi oq el,
Duoga qo‘l ochgan, tilagi oq el,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
Muqaddas yering bor, qutlug‘ osmon bor,
Suyangan tog‘ing bor, dilda iymon bor.
Ulug‘ bog‘istonga buyuk bog‘bon bor,
Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,
O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.
NEVRUZ KOŞUĞU
Baharı bilmeyen halklar gördüm,
Bir çiçek açmayan yerler gördüm.
Seni özleyip de gelecek Nevruz,
Ellerinden öpeyim çiftçim, yurdum,
Sana canım kurban, bağbanım, yurdum.
Kardelen sallanır, çalar çıngırak,
Hayat kokusu saçar uyanan toprak,
Kök, damar suretini çizecek şimşek,
Ellerinden öpeyim çiftçim, yurdum,
Sana canım kurban, bağbanım, yurdum.
Misafiri çağırır sumeleklerin,13
Kızların bağlardı saçlarını.
Saadete köprü gökkuşağın,
Ellerinden öpeyim çiftçim, yurdum,
Sana canım kurban, bağbanım, yurdum.
Ey, eli nasırlı, gönlü yumuşak el,
Güneşte kararmış, yüreği ak el,
Duaya el açan, dileği ak el,
Ellerinden öpeyim çiftçim, yurdum,
Sana canım kurban, bağbanım, yurdum.
Kutsal toprağın var, kutlu asuman var,
Yaslandığın dağın var, kalpte iman var.
Ulu bağ bahçene büyük bahçıvan var,
Ellerinden öpeyim çiftçim, yurdum,
Sana canım kurban, bağbanım, yurdum.
BUYUK IPAK YO‘LI
Qumlar sochib, yo‘l ochib, tasbehdek karvon o‘tar,
Tuyalarda chayqalib davr o‘tar, davron o‘tar.
Mushkni murchga, guruchni adrasga ayirboshlab,
Alakni bo‘zga, bo‘zni atlasga ayirboshlab,
Gohida insof bilan, gohida iymon bilan,
Yo‘lning tanobin tortib, tosh bilan, dovon bilan,
Birda aldab, birida g‘aflatda qolib o‘zi,
Goh yo‘lidan, gohida o‘zidan nolib o‘zi,
Turfa libos, dil bilan turli karvonlar o‘tar,
Nortuya odimidek vazmin zamonlar o‘tar.
Sahro – ulkan qumsoat. Qor to‘kilar oq qumday,
Tujjorning nasibasi gohi zahar-zaqqumday,
Lekin Ipak yo‘li bu – haq yo‘li, urfon yo‘li,
Insoniyat jismida jon yo‘li bu, qon yo‘li.