Анонимный автор – Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı (страница 38)
Shahid o‘g‘lonlar keldimi yodga.
Kuykalak ko‘ngil to‘ldimi dodga,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Erk yo‘qlagan chog‘ ko‘z yosh nimasi,
Ketdi boshingdan ajdar ko‘lkasi.
Arslonlar tuqqan sherlar o‘lkasi,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Sen bir bo‘stonki, gullari so‘lmas,
Qiyomatda ham chirog‘ing so‘nmas.
Bolam deb qo‘ysang sinamoqqa, bas,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Chorlasang to‘shing noringga to‘lar,
Daryoday toshib, shamolday yelar.
Yo‘qlardan yelib Cho‘lponing kelar,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Ey yori aziz, ey bag‘ri quyosh,
Jigargo‘shangman joningga jondosh.
Quvonganingdan qildingmi ko‘z yosh,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
ANA TÜRKİSTAN
Göklere sığmıyor neşeli ruhu can,
Gözlere sevinç yaşları doldu.
Ama sen niçin mahzun, perişan,
Ana Türkistan, sana ne oldu?
Zincirlerden kurtulup erdin murada,
Şehit evlatların geldi mi akla?
Avare gönül doydu mu feryatla?
Ana Türkistan, sana ne oldu?
Hürriyet deminde gözyaşı da nesi?
Gitti başından ejder gölgesi.
Arslanlar doğuran kaplanlar ülkesi,
Ana Türkistan, sana ne oldu?
Sen bir bahçesin ki, çiçeklerin solmaz,
Kıyamette dahi ateşin sönmez.
Evladım deyip sınasan, tamam,
Ana Türkistan, sana ne oldu?
Çağırırsan yiğit mertlerin gelir,
Deniz gibi taşıp, rüzgâr gibi eser.
Sırlar ülkesinden Çolpan’ın gelir,
Ana Türkistan, sana ne oldu?
Ey aziz yar, ey bağrı güneş,
Canciğerinim, canına yoldaş
Sevincinden mi döktün gözyaş
Ana Türkistan, sana ne oldu?
O‘ZBEKNING AYOLLARI
Uxlamaydi tunlari,
Oy nurlari taralgan.
O‘zbekning xotinlari
Farzand uchun yaralgan.
Yildan uzun kunlari,
Kim ko‘nglini so‘rolgan.
O‘zbekning xotinlari
Mehnat uchun yaralgan.
Qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham,
O‘z ahdida turolgan.
O‘zbekning xotinlari
Toqat uchun yaralgan.
Yot oldidan sal nari
Qachon kokil o‘rolgan.
O‘zbekning xotinlari,
Iffat uchun yaralgan…
O‘zbekning ayollari,
O‘zbekning xotinlari,
Suvdan halol,
Guldan pok,