реклама
Бургер менюБургер меню

Анонимный автор – Bağımsızlık Dönemi Özbek Edebiyatı (страница 12)

18
Dediler: Ey, pir, eyle merhamet, Hakikat var mıdır, gerçeği anlat. Pir dedi: Yaşıyorsun, işte hakikat, Günü gelince öleceksin, bu da hakikat.

TANHO QUSH

Osmonda bir tanho qush uchar, Yuraklarni o‘rtar ovozi. Goh varrakdek balandlab o‘tar, Goho pastlab ketar parvozi. Birov bilmas, uchmish u qaydan, Qayga qo‘nar? Bu ham noma’lum. Nolasi bor – uzilgan naydan, G‘oyib bo‘lar o‘tmasdan bir zum. O‘sha qushdek yashadim cho‘chib, Sizni xavfdan ayladim ogoh. Ketolmadim ko‘kka ham uchib, Topolmadim yerda ham panoh.

YALNIZ KUŞ

Gökyüzünde uçar yalnız kuş, Yürekleri yakar ötüşü. Bazen uçurtmalar gibi yükselir Bazen iner hızla yokuşu. Kimse bilmez, o nereden geliyor, Nereye konacak? Bu da bir sorun. Feryadı var ney sesine benziyor An geçmeden kaybolur gözden. İşte o kuş gibi yaşadım ürkerek Sizi tehlikeye karşı uyardım ama Gidemedim gökyüzüne uçarak Yerde de kalacak yer bulamadım.

UMRIMIZ YO‘LLARI

Oqshom cho‘kar asta, Boshlanadi tun Toshkentning o‘rda-yu go‘shalarida. O‘g‘lim ikkalamiz kezamiz beun Ulkan bu shaharning ko‘chalarida. Samodan tushgandek millionlab chiroq, G‘aroyib nur bilan chulg‘anar zamin. Bu joyda jam bo‘lar yaqin va yiroq, Men bunda totganman yoshlikning ta’min. Ulug‘ davralarda charxlandi ruhim, Ko‘rdim do‘stlarimdan izzat, e’tibor. Sirli she’riyatga to‘ldi shukuhim, Balki zinalarda izlarim ham bor. Endi yoshim o‘tgan, qadrdonlar kam, Bilmayman nogahon borar yerimni. Torayib qolgandek ko‘rinar olam, Garchand e’zozlashar hamon she’rimni. Bolam-chi, vo ajab, u ham bemanzil, Go‘yoki sohilda qoldik ikkovlon. Shahar qaynab yotar, odam turfa xil, Omad boqmas lekin bizlarga tomon. Umrning bepoyon yo‘llari bo‘ylab, Qaygadir jimgina tashlaymiz qadam. Men-ku nimanidir yuribman kuylab, Farzandim ko‘nglida nelar bor, bilmam. Inson tafakkuri, baxtu iqboli, Jo‘n bir tasodifga bog‘lanmasin hech. “Olam zavolidir olim zavoli”, Buni Rasululloh aytgan erta-kech. Hikmatni uqmadi lekin odamzot, Oyoq osti bo‘ldi ong bilan shuur. Zaminda yursak ham bepar, beqanot, Har nechuk hayotmiz, shunga ham shukur. O‘g‘lim, faqatgina Haqning yo‘lin tut,